Bu raqam ortida oddiy statistika emas - ishonch, qo'llab-quvvatlash va birgalikda o'sishga bo'lgan intilish bor. Biz boshidan bitta oddiy, lekin kuchli maqsad bilan yo'lga chiqdik:
Halol investitsiyani osonlashtirish va savdo ilmini o'rgatish.
Hozir ham ko'pchilik investitsiyani qiyin narsa deb o'ylaydi. Aslida esa to'g'ri tushuntirilsa, treyding va investitsiya murakkab emas. Akinda'da biz aynan shuning uchun:
Treyding va investitsiyaga oid bilimlarni sodda qilib tushuntirish
Yangi boshlovchilar uchun qulay muhit yaratish
Va eng muhimi halollikni markazga qo'yishni maqsad qilganmiz.
3000 ta foydalanuvchi - bu yakun emas, yo'lning boshida ekanimizni bildiradi. Oldinda yana ko'plab rejalarimiz bor. Platformani yaxshilash, yangi funksiyalar va tillar qo'shish ustida ishlamoqdamiz.
💬 Siz ham Akinda'dan foydalanyapsizmi? Fikringizni biz bilan bo'lishing, bu biz uchun muhim. https://akinda.io